Germaniya terma jamoasi himoyachisi “Real Madrid” va “Bavariya”ga o'tish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda

“Borussiya Dortmund” bo'yicha eng ishonchli jurnalistlardan biri sanaladigan Patrik Bergerning xabar berishicha, markaziy himoyachi Niko Shlotterbek o'z karerasini ikki yirik klub — “Real” yoki “Bavariya”da davom ettirish ehtimoliga ochiq.
Bergerning ta'kidlashicha, futbolchi o'zining keyingi qadamini puxta o'ylab chiqmoqda va har ikki klub uning uslubiga va salohiyatiga juda mos keladigan variantlar sifatida ko'rib chiqilmoqda.
26 yoshli nemisning shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. U kelasi yozda sotib yuborilishi mumkin.