Germaniya terma jamoasi tarixda ilk bor JCh saralashida boshlang'ich o'yinda mag'lub bo'ldi.

Kecha nemislar Slovakiyaga safarda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Germaniya yana jahon chempionati saralashida safarda 51 o'yinlik (41 g'alaba va 10 durang) mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berdi.

Yulian Nagelsmann boshchiligidagi jamoa navbatdagi o'yinni 7 sentyabr kuni o'z maydonida Shimoliy Irlandiyaga qarshi o'tkazadi.