Germaniya terma jamoasi Finlyandiyaga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yinida 4:0 hisobida g'alaba qozondi.

Deniz Undav uchrashuvda dubl qayd etdi. 29 yoshli hujumchi 34 va 57-daqiqalarda gol urdi. Shuningdek, uning uzatmasidan so'ng 48-daqiqada Florian Virts raqib darvozasini ishg'ol qildi. Yana bir gol Jamal Musiala hisobiga yozildi (63-daqiqa).

Germaniya terma jamoasi JCh-2026 turnirida ishtirok etadi. Yulian Nagelsmann shogirdlari "E" guruhidan joy olgan bo'lib, Kyurasao, Kot-d'Ivuar va Ekvador jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.