Germaniya terma jamoasi 2014 yildan buyon Jahon chempionatlarida «quruq» o'yin o'tkaza olmayapti.

Kecha mundiallarning to'rt karra g'oliblari JCh-2026 guruh bosqichi 2-turi doirasida Kot-d′Ivuar terma jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etishdi.

Germaniya oxirgi marta JCh-2014 finalida o'z darvozasidan gol olib chiqmagan edi — o'shanda nemislar Argentinani 1:0 hisobida taslim etishgan. O'sha musobaqadan beri Manuel Noyer ketma-ket sakkizta o'yindan beri gol o'tkazib kelmoqda.

25 iyun kuni Germaniya terma jamoasi Ekvadorga qarshi maydonga tushadi.

Manba: Stadion.uz