Germaniya FIFA prezidentligi saylovida Infantinoni qo'llab-quvvatlamaydigan bo'ldi

Germaniya futbol ittifoqi (DFB) Janni Infantinoni FIFA prezidenti sifatidagi yangi muddat uchun nomzodini qo'llab-quvvatlashdan bosh tortdi.
Bild nashrining ma'lum qilishicha, DFB Infantinodan qayta saylanishini qo'llab-quvvatlovchi maktubni imzolamagan. Tashkilot prezidenti Bernd Noyendorf JCh–2026 davomida AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasi bekor qilingani bilan bog'liq mojarodan so'ng FIFA rahbaridan masofa saqlashga qaror qilgan.
Shunga qaramay, Germaniyaning bu pozitsiyasi hozircha Infantinodan qayta saylanishiga jiddiy xavf tug'dirmayapti. Bild ma'lumotiga ko'ra, uning nomzodini Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikaning ko'plab milliy futbol federatsiyalari qo'llab-quvvatlashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, JCh–2026da qizil kartochka olganidan keyin Folarin Balogunning avtomatik diskvalifikatsiyasi bekor qilinishi katta muhokamalarga sabab bo'lgan edi. Shu voqeadan keyin Infantinoga nisbatan Xalqaro Olimpiya qo'mitasiga ham shikoyat kiritilib, unda u siyosiy betaraflik tamoyilini buzgan bo'lishi mumkinligi haqida ayblovlar ilgari surilgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar