Germaniya Bundesligasining 23-turi doirasida Berlinda "Union" hamda Leverkuzenning "Bayer" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. "An der Alten Fyorsterey" stadionida kechgan bahsda mezbonlar 1:0 hisobidagi muhim g'alabani qo'lga kiritishdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 28-daqiqada Rani Xedira tomonidan kiritildi.

Ushbu natijadan so'ng "Union" 28 ochko bilan turnir jadvalining 9-pog'onasiga ko'tarilib oldi. "Bayer" esa 39 ochko bilan 6-o'rinda qoldi va kuchli to'rtlik uchun kurashda muhim ochkolarni boy berdi.

Navbatdagi o'yinlar:

  • "Union": 28 fevral kuni safarda "Borussiya Myonxengladbax"ga qarshi.

  • "Bayer": 28 fevral kuni o'z maydonida "Maynts"ni qabul qiladi.