Genduzi Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tishi mumkin

"Latsio" markaziy yarim himoyachisi Matteo Genduzi Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tishga tayyor. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli frantsuzning xizmatlariga "Sanderlend" va "Nyukasl" klublari qiziqish bildirmoqda. Ta'kidlanishicha, "Latsio" taxminan 30 million evrolik takliflar uchun ochiq.
Joriy mavsumda Genduzi Italiya chempionatida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Genduzining rimliklar bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt internet portali mutaxassislari xavbekning narxini 32 million evroga baholamoqda.