Gavining sog'ligi bo'yicha yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi

"Barselona" yarim himoyachisi Gavining sog'lig'i haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Esports RAC1 nashrining ta'kidlashicha, "Barselona" tibbiy shtabi kelasi hafta boshida Gavining tizzasi bo'yicha qaror qabul qiladi. Konservativ davolash ijobiy natija bersa, u davom ettiriladi. Agar yo'q bo'lsa, u artroskopik operatsiya qilinadi, bunday holda o'yinchi 5 haftani o'tkazib yuboradi.
Joriy mavsumda 21 yoshli Gavi Ispaniya chempionatining ikkita o'yinida ishtirok etdi va o'z hisobiga bitta assist yozdirib qo'ydi.