Gavi qachon o'yinlarda ishtirok etishga tayyor bo'lishi ma'lum bo'ldi

"Barselona" markaziy yarim himoyachisi Gavi uzoq vaqtdan so'ng bugundan umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi.
Insayder Xavi Migel xabariga ko'ra, 21 yoshli ispaniyalik xavbek tizzasidagi jarohatidan forig' bo'lgach, 2-3 haftada o'yinlarda ishtirok etishga tayyor bo'lishi kutilmoqda.
Hozirda Transfermarkt portalida 40 millionga baholanayotgan Gavi bu mavsumda 2 ta o'yinda 1 ta golli uzatma berdi.