"Barselona" yarim himoyachisi Gavi avvalgi darajasiga qayta olishiga ishonmoqda.

Yozda yulduzli ispaniyalik yana tizzasi bilan bog'liq muammolarni boshdan kechira boshladi - oxir-oqibat unga jarrohlik amaliyoti kerak bo'ldi. Xavbek qish oxiriga yaqin safga qaytishi taxmin qilinmoqda.

"Ishonchim komilki, jarohatdan tiklanib, yana o'ynash imkoniyatiga ega bo'lganimda avvalgi Gavi bo'laman," - deya 21 yoshli futbolchining so'zlarini keltiradi jurnalist Fernando Polo.

"Bunday jarohatlar sabrga o'rgatadi. Eng qiyini, maydonga tusha olmay turib, jamoadoshlarning o'yinini chetdan kuzatish. Qaytishimni intizorlik bilan kutyapman," - dedi futbolchi.

Gavi joriy mavsumda bor yo'g'i 2ta o'yinda maydonga tushishga ulgurdi.