Gavi: «Kukurelya Yamalga qarshi himoyalanishiga to'g'ri keladi»

«Barselona» xavbeki Gavi Ispaniya terma jamoasidagi jamoadoshlari — Mark Kukurelya va Lamin Yamal o'rtasidagi bo'lajak duelni intiqlik bilan kutmoqda.
«Chelsi»ning chap qanot himoyachisi yaqinda Madridning «Real» klubiga o'tdi. Kelishuv allaqachon rasman tasdiqlangan. 27 yoshli futbolchi jahon chempionatidan so'ng «qaymoqranglilar» ixtiyoriga borib qo'shiladi.
«Bizga qarshi o'yinlarda Kukurelya Yamalga qarshi himoyalanishiga to'g'ri keladi. Mark — kuchli raqib, u juda yaxshi formada», — dedi Gavi RAC1 telekanaliga bergan intervyusida.
«Ko'k-anorranglilar» yarim himoyachisi, shuningdek, Kukurelyaning «Real»ga transfer qilingani haqidagi xabar uni va Ispaniya terma jamoasidagi barchani hayratda qoldirganini tan oldi.
Manba: Stadion.uz