Gavi Dembele va Yamalni dunyoning eng yaxshilari deb hisoblaydi

«Barselona» yarim himoyachisi Gavi dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisi kim ekanligini aytdi.
Ispaniyalik futbolchi hozirda «PSJ» sharafini himoya qilayotgan sobiq jamoadoshi Usmon Dembeleni alohida e'tirof etdi.
«Usmon shunchaki do'st emas, u mening akamdek bo'lib qolgan. Biz doimiy ravishda muloqot qilib turamiz. Men uni Lamin Yamal bilan birgalikda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblayman», — deya Gavining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Ispaniya OAVlari.