Jennaro Gattuzo JCh-2026 saralashi pley-off bosqichi finalida Bosniya va Gertsegovinadan uchralgan mag'lubiyat (1:1, penaltilar bo'yicha 1:4) va turnirga chiqa olmaganidan so'ng, Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketmoqda.

Jurnalist Janluka Di Martsio Sky Sport nashriga tayanib xabar berishicha, qaror allaqachon qabul qilingan va tomonlar shartnomani uzil-kesil bekor qilishdan oldin so'nggi detallar ustida ishlamoqda.

Mehnat munosabatlarini to'xtatish uchun «shartnomani ikki tomonlama rozilik asosida bekor qilish» formulirovkasi tanlangan. Hozirda faqat murabbiyning faoliyatiga rasman yakun yasovchi hujjatlardagi imzolar etishmayapti. Shundan keyingina rasmiy bayonot beriladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Italiya terma jamoasi delegatsiyasi rahbari Janluidji Buffon va Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Gabriele Gravina ham o'z lavozimlarini tark etgan edi.