Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Sandro Tonalining o'yinida o'xshashlik bor yoki yo'qligini aytdi.

Aynan "Nyukasl" yarim himoyachisi Isroilga qarshi o'yinda (5:4) qo'shib berilgan daqiqalarda gol urib, "skuadra adzurra"ga g'alaba keltirdi.

"Tonali texnik jihatdan mendan ancha yaxshi - men to'p bilan muomala qilishda bunday mahoratga ega emasdim. Ehtimol, men taktik jihatdan yaxshiroq bo'lgandirman, lekin u o'rganishda davom etmoqda. Futbolchilarimizning barchasi o'rganmoqda va men ularning sa'y-harakatlaridan minnatdorman," - dedi matbuot anjumanida 47 yoshli murabbiy.