Gattuzo mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Jahon chempionati — 2026 saralashining pley-off bosqichida Bosniya va Gertsegovinadan qabul qilingan mag'lubiyat (1:1, penaltilar seriyasida — 1:4) haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Italiya terma jamoasi bunday natijaga loyiq emas edi. Biz katta ishtiyoq bilan o'ynadik, 40-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo'lib kurashdik... Juda mahzunmiz, lekin futbol shunaqa. Men o'z jamoam bilan faxrlanaman. Biroq hozir bizga juda azobli», — deya insayder Fabritsio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida Gattuzoning so'zlarini keltirdi.
Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi ketma-ket uchinchi bor Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi. Italyanlar ishtirok etgan eng so'nggi dunyo birinchiligi JCh-2014 bo'lib qolmoqda.