Gattuzo Italiya terma jamoasining yirik g'alabasidan keyin izoh berdi

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Isroilga (3:0) qarshi o'yindan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Barchasini yaxshi uddaladik. O'tgan oyda xuddi shu raqib bizni asabiylashtirganini hamma yaxshi eslaydi [ 5:4 g'alaba]. O'ylaymanki, bugun o'yinni yaxshiroq nazorat qildik, garchi bir-ikki marta Donnarumma jamoani qutqarishiga to'g'ri kelgan bo'lsa-da. Kayfiyatdan mamnunman. Biz kerakli tarzda harakat qildik," - dedi Gattuzo RAI Sport bilan suhbatda.
Italiya terma jamoasi saralash guruhi turnir jadvalida 15 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi va marraga ikki tur qolganida Norvegiyadan uch ochko ortda qolmoqda.
Kommentariyalar