Italiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo «Latsio»ning yangi ustoziga aylandi. Bu haqda rimliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.

48 yoshli mutaxassis «Latsio» bilan 2028 yilga qadar mo'ljallangan, yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ega mehnat shartnomasini imzoladi. Insayder Nikolo Skiraning ma'lumotlariga ko'ra, Gattuzoning klubdagi maoshi yiliga bir yarim million evroni tashkil qiladi.

Gattuzoning oxirgi ish joyi Italiya terma jamoasi bo'lgan edi, u jamoani jahon chempionati – 2026 ga olib chiqa olmadi. Mutaxassis aprel oyida iste'foga chiqarilgan edi.

2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, «Latsio» Italiya Seriya A turnir jadvalida to'qqizinchi o'rinni egalladi. Jamoa 38 ta turda 54 ochko jamg'ardi va evrokuboklarga yo'llanma ololmadi.

Manba: Stadion.uz