Gattuzo Bosniya terma jamoasi haqida: "Ular hujumga o'tganda, buni his qilasan"

"Skuadra Adzurra" ustozi Jennaro Gattuzo Bosniya va Gertsegovinaga qarshi muhim o'yin oldidan matbuot bilan suhbatlashdi. 31 mart oqshomida Italiya ushbu jamoa bilan Jahon chempionati yo'llanmasi uchun kurashadi.
"Bosniya — yuqori saviyali, jismoniy jihatdan baquvvat va kurashishni biladigan jamoa. Ular hujumga o'tganda, buni his qilasan. Ayniqsa, qanotlarda. Bu jamoa senga har doim muammo tug'dira oladi", — deya Gattuzoning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Italiyalik mutaxassis, shuningdek, uning shogirdlari raqibga nisbatan tegishli hurmat bilan yondashayotganini ta'kidladi va jamoasida orzu qilingan maqsad — 2014 yildan beri ilk bor turnirga yo'l olish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, Kleman Tyurpen boshchiligidagi frantsuz hakamlar brigadasi boshqaradigan ushbu o'yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 23:45 da boshlanadi.