Federiko Gatti meniskus yirtilishi sababli yilning qolgan qismida safdan chiqdi.

Gatti Italiya Kubogi 1/8 final bosqichi doirasida "Udineze"ga qarshi o'yinning (2:0) 56-daqiqasida jarohat olgani sababli almashtirildi.

Tekshiruv natijasida himoyachining o'ng tizzasida medial meniskus yirtilishi aniqlandi.

Sky Sport xabariga ko'ra, Gatti 2026-yil yanvarigacha safdan chiqdi.