Gasperini va Spalletti — A Seriyaning eng ko'p maosh oluvchi murabbiylari

A Seriyaning eng ko'p maosh oluvchi murabbiylari Kristian Kivu yoki Massimiliano Allegri emas, balki Jan Pero Gasperini va Luchano Spallettidir. Ular mavsumiga 9 million evrodan maosh olishadi. Biroq ularning farqi unchalik katta emas — Allegrining «Napoli» bilan yangi shartnomasi unga yiliga 8,3 million evro daromad keltiradi.
Kivuning daromadi esa ancha kamtarroq — mavsumiga 5,6 million evro. Domeniko Tedesko va, qanchalik ajablanarli bo'lmasin, Ivan Yurichning mehnatiga ham yaxshi haq to'lanadi — mavsumiga 3,7 million evrodan. Jennaro Gattuzo «Latsio»ga 2,8 million evro evaziga keldi. Kuchli o'nlikni Daniele De Rossi 2,4 million evro bilan yakunlab beradi.
A Seriyaning yangi mavsumi 23 avgust kuni boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar