Gasperini: "Roma" "Reynjers"ga qarshi ajoyib o'yin ko'rsatdi"

"Roma" bosh murabbiyi Jan-Pero Gasperini Evropa Ligasi umumiy bosqichi 4-turidan o'rin olgan "Reynjers"ga (2:0) qarshi o'yinga o'z munosabatini bildirdi.
"Ajoyib o'ynadik. Bunday stadionlarda g'alaba qozonish har doim ham oson emas. Jismoniy jihatdan chidamli jamoalar bilan bunday murakkab muhitda o'ynash qiyin, ammo biz yana ajoyib o'yin ko'rsatdik", - deya Gasperinining so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.