«Roma» bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini Klaudio Ranerining klub boshqaruvi maslahatchisi lavozimidan bo'shatilishi haqida fikr bildirdi. Avvalroq, mutaxassislar o'rtasida Gasperinining klub tarkibini tanqid qilgani sababli mojaro kelib chiqqan edi.

«Uning gaplarimi? Ular meni shunchaki ranjitib qolmay, balki juda hayratda qoldirdi va hafsalamni pishirdi, chunki ilgari hech qachon bunday qiyin vaziyatga tushib qolmagandim. Na biror uchrashuvda, na boshqa odamlar bilan va na xoli qolganimizda bunday holat bo'lmagan. Men hech narsa qilmadim, meni bu voqeaga aralashtirmang.

Men Trigoriyada («Roma» bazasi) rivojlanishimiz kerakligini aytdim, chunki biz shu erdamiz va men shu erda futbol o'ynashga umid qilaman. Bu haqda shu erda batafsilroq gaplashishni istardim; men doim shuni xohlaganman, chunki biz shu orqali bir-birimiz bilan aloqada bo'lamiz va rivojlanamiz. Men boshqa masalalardan chetdaman va ularni muhokama qilmayman. Mening yagona maqsadim — shu erda futbol o'ynash», — deya Gasperinining so'zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.