Italiya A Seriyasida oktyabr oyi yakunlariga ko'ra, eng yaxshi murabbiy aniqlandi. Sovrinni "Roma"ni boshqarayotgan Jan Pero Gasperini qo'lga kiritdi.

O'tgan oyda "Roma" Italiya chempionatida 4ta o'yin o'tkazdi. Gasperini jamoasi "Fiorentina" (2:1), "Sassuolo" (1:0) va "Parma"ni (2:1) mag'lub etgan, ammo "Inter"ga yutqazgan (0:1).

Ayni paytda "Roma" A Seriya turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Shu bilan birga, Jan Pero Gasperini jamoasi peshqadam "Napoli"dan atigi bir ochko ortda qolmoqda.

"Roma" chempionatning navbatdagi o'yinini 9 noyabr kuni o'z maydonida "Udineze"ga qarshi o'tkazadi.