"Barselona" himoyachisi Erik Garsiya Lamin Yamalning "Atletiko Madrid"ga qarshi bahsda gol urishiga umid qilmoqda.

Shanba kuni kataloniyaliklar La Ligada "Vilyarreal"ni 4:1 hisobida mag'lub etishdi, 18 yoshli vinger o'zining ilk xet-trikini qayd etdi.

Ular seshanba kuni "Atletiko Madrid" bilan to'qnash kelishadi.

"Umid qilamanki, Yamal seshanba kuni "Atletiko"ga qarshi o'yinda yana bir nechta gol uradi", dedi Erik Garsiya.