Garsiya: "Inigoni sog'inamiz"

"Barselona" himoyachisi Erik Garsiya Inigo Martinesning jamoani tark etishi haqida gapirdi.
34 yoshli markaziy himoyachi Xans-Diter Flik qo'l ostida "ko'k-anorranglilar"ning asosiy o'yinchilaridan biri edi.
Avgust oyida Kataloniya grandi o'z etakchisini Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubiga qo'yib yuborishga majbur bo'lgandi.
"Biz Inigoni maydonda ham, maydon tashqarisida ham sog'inamiz. U bizga ko'p yordam berdi, katta tajribaga ega.
Martines o'tgan mavsumni ajoyib o'tkazdi. Lekin bu futbolda sodir bo'ladi - muhim o'yinchilar u yoki bu sabablarga ko'ra ketishadi va biz ularsiz davom etishimiz kerak.
Qolganlar o'zlarining eng yaxshi fazilatlarini ko'rsatishlari kerak. Bizda yosh jamoa bor, lekin biz tayyormiz, bu bizning mas'uliyatimiz, dedi Garsiya.
Kommentariyalar