Londonning "Chelsi" klubi safiga "Manchester Yunayted"dan kelib qo'shilgan Alexandro Garnacho "aristokratlar"ning azaliy muxlisi ekanini tan oldi.

"Bolaligimda APL o'yinlarini kuzatganman. Azarning o'yinini tomosha qilish menga yoqardi. "Chelsi"ni qo'llab-quvvatlardim. O'shanda Eden men uchun kumir edi. Aynan u tufayli bu pozitsiyani tanladim," - deya argentinalik futbolchining so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, Alexandro yozgi transferlar vaqtida "qizil iblislar"ni London klubiga almashtirgan edi. 21 yoshli yarim himoyachining transferi "Chelsi"ga 46 million evroga tushdi.