Garnacho «Roma» variantiga qiziqish bildirmoqda

Alexandro Garnacho Italiyada o'ynashga tayyor.
Avvalroq «Roma» «Chelsi» vingerini 5 million evro evaziga ijaraga olish va 35 million evroga sotib olish huquqi bilan o'z safiga qo'shib olmoqchi ekani xabar qilingandi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi aynan rimliklar jamoasini afzal ko'rmoqda. Barchasi klublar o'rtasidagi muzokaralarning borishiga bog'liq. «Chelsi» Garnachoni to'liq sotish yoki majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga berishda turib olgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar