"Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnacho transfer oynasining so'nggi kunlarida "Chelsi"ga ko'chib o'tdi.

21 yoshli futbolchi bu qarorga kelishida Messi katta ahamiyat kasb etganini aytdi.

"Men transferdan oldin Messi bilan gaplashdim, u "Chelsi"ga o'tishni maslahat berdi", - dedi argentinalik vinger.

Garnachoning "aristokratlar" bilan tuzilgan shartnomasi 2032 yilning yozigacha mo'ljallangan.