Garnacho "Manchester Yunayted"ga foyda keltirgan futbolchilar ro'yxatidan joy oldi

"Manchester Yunayted" vinger Alexandro Garnachoni Londonning "Chelsi"siga sotishga tayyorlanmoqda.
Klublar o'rtasida allaqachon kelishuvga erishilgan - transfer 40 million funt sterlingga (46 million evro) tushadi.
21 yoshli argentinalik futbolchi "qizil iblislar" tomonidan sotilgan eng qimmat futbolchilar ro'yxatida to'rtinchi bo'ladi.
Reyting peshqadami Krishtianu Ronaldu (94 million evro, "Real"), ikkinchi o'rinda Romelu Lukaku (74 million, "Inter"), uchinchi o'rinda Anxel di Mariya (63 million, "PSJ") bormoqda. Garnacho hozirda to'rtinchi o'rinda borayotgan Devid Bekxemni (37,5 million, “Real”) ortda qoldiradi.