Garnacho "Arsenal"ning mag'lubiyatiga izoh berdi

"Chelsi"ning argentinalik vingeri Alexandro Garnacho Angliya Liga kubogi yarim final dastlabki o'yinida Londonning "Arsenal" klubiga qarshi kechgan o'z uyidagi mag'lubiyatdan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi. "Pensionerlar" 2:3 hisobida yutqazdi.
"Men har doim maksimal darajada o'ynayman, zaxiradan tushib, jamoaga yordam berdim. Har bir hujumchi gol urishni yaxshi ko'radi. Bu uchrashuvda mening harakatlarim etarli emas edi. Lekin hali hech narsa hal bo'lgani yo'q", - deya yarim himoyachining so'zlarini keltiradi "ko'klar" klubi matbuot xizmati.
"Kanonirlar" va "Chelsi" o'rtasidagi javob uchrashuvi 3 fevral kuni "Emireyts" stadionida bo'lib o'tadi.