"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Gari Nevill JCh-2026 boshidan buyon Angliya terma jamoasining g'alaba qozonishiga ishonmaganini tan oldi.

"Ehtimol, oramizda g'alabaga ishongan optimistlar bo'lgandir, ammo menda hech qachon bunday his-tuyg'u bo'lmagan. Men yarim finalga chiqishning o'ziniyoq ulkan yutuq deb hisoblagan edim", - deya Nevillning so'zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports.

Tomas Tuxel jamoasi yarim final bahsida Argentina terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi (1:2). Endi inglizlarni 19 iyul kuni o'tadigan bronza medali uchun Frantsiya terma jamoasiga qarshi bahs kutib turibdi.

Eslatib o'tamiz, Angliya terma jamoasi 1966 yildan buyon jahon birinchiligi finallarida o'ynamagan.

Manba: Stadion.uz