Gari Lineker JChda Germaniyaning Frantsiyaga qarshi ehtimoliy o'yindagi imkoniyatlarini baholadi

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker Jahon chempionatida Germaniyaning Frantsiyaga qarshi ehtimoliy to'qnashuvdagi imkoniyatlarini baholadi.
Agar frantsuzlar 1/16 finalda Shvetsiyani mag'lub etsa, nemislar esa Paragvay ustidan g'alaba qozonsa, jamoalar 1/8 finalda to'qnash kelishlari mumkin.
— 1/8 finaldagi ehtimoliy raqib — Germaniya terma jamoasi frantsuzlarni mag'lub eta oladimi?
— Men Germaniyaning o'yinini kuzatdim va mening fikrimcha — balki adashayotgandirman, — bu men ko'rgan eng kuchsiz Germaniya terma jamoalaridan biri. Frantsiya hech qanday muammosiz chorak finalga chiqishi mumkin.
— Ammo bu baribir Jahon chempionatidagi Frantsiya — Germaniya uchrashuvi bo'ladi-ku…
— Siz shunday deyapsiz, lekin men Germaniya ko'p jihatdan o'tmish bilan yashamoqda deb hisoblayman. Bu terma jamoaning eng kuchli tarkibi emas. Eslatib o'taman, ular oxirgi ikkita Jahon chempionatida hatto guruhdan ham chiqa olishmagan edi. Shunday ekan, menimcha, xotirjam uxlayverishingiz mumkin, — dedi Lineker L’Equipe nashriga bergan intervyusida.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar