Ganada 18 yoshli futbolchini o'ldirishdi. Unga klubda sinov o'yinlarida qatnashish va'da qilingan edi

18 yoshli senegallik darvozabon Shayx Turening vafot etgani ma'lum bo'ldi.
Futbolchi juma kuni Ganada o'lik holda topilgan, u avvalroq noma'lum shaxslar tomonidan o'sha erda o'g'irlab ketilgandi.
Tergovchilar jinoyatchilar Turening oilasidan to'lov talab qilganini aniqladilar.
Shuningdek, jinoyatchilar yosh darvozabonni Marokash klubida sinov o'tkazish bahonasida Gana hududiga aldab olib o'tganlari ma'lum bo'ldi.