Gana bosh murabbiyi JCh-2026dan chiqib ketgach fikr bildirdi

Gana terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Jahon chempionati — 2026 pley-off bosqichining ilk raundida Kolumbiya terma jamoasiga qarshi kechgan bahs haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. Afrikaliklar 0:1 hisobida minimal mag'lubiyatga uchrab, turnirni tark etishdi.
«Raqiblarimiz o'yinni o'z nazoratida ushlab turishdi. Ularda to'p uzatishlar va maydondagi harakatlanish yaxshiroq chiqdi. Biz Kolumbiya darvozasi oldida vaziyatlar yaratishga harakat qildik, biroq so'nggi pasni berishda aniqlik etishmadi. O'ylaymanki, yakunda kuchliroq bo'lgan jamoa g'alaba qozondi», — deya mutaxassisning so'zlarini FIFA matbuot xizmati keltiradi.
Jahon chempionatining keyingi raundida (1/8 finalda) Kolumbiya terma jamoasiga Shveytsariya milliy terma jamoasi raqiblik qiladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar