"Gamburg" bosh murabbiyi: "Men uchun Kompani doim namuna bo'lib kelgan"

"Gamburg" bosh murabbiyi Merlin Poltsin bo'lajak raqib - "Bavariya" haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Jamoalar Bundesliganing 3-turida to'qnash kelishadi. O'yin shanba kuni bo'lib o'tadi. "Albatta, biz favorit emasmiz, lekin biz yaxshi o'yin ko'rsatishni va muvaffaqiyatga erishishni xohlaymiz, chunki bizda raqobatbardosh jamoa bor.
Biz uchun bu o'ziga xos o'yin - Germaniyaning eng kuchli va Evropaning eng yaxshi jamoalaridan biri bilan to'qnash kelamiz.
Men Vensan Kompani bilan shaxsan uchrashganimdan juda xursand bo'laman. Men uchun yosh murabbiy sifatida u matbuot anjumanida doim namuna bo'lib kelgan", - dedi Poltsin.