Gallaxer Simeone bilan suhbatdan keyin ketishga qaror qildi - unga "Manchester Yunayted" va APLning yana ikki klubi qiziqish bildirmoqda

Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Konor Gallaxer yanvar oyida jamoani tark etishga tayyor. Angliyalik futbolchi "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone bilan suhbatlashdi. Unda argentinalik mutaxassis xavbekka doimiy o'yin amaliyotiga kafolat bera olmasligini bildirdi. "Chelsi" tarbiyalanuvchisi ketish maqsadga muvofiq ekaniga ishonch hosil qildi, deya xabar beradi TEAMtalk.
Gallaxerga hamon "Manchester Yunayted" da'vogarlik qilmoqda, shuningdek, 25 yoshli futbolchiga "Tottenxem" va "Nyukasl" qiziqmoqda. Futbolchini taklif qilish imkoniyatini Milanning "Inter" klubi ham ko'rib chiqmoqda.