"Galatasaroy" o'z futbolchisi bilan shartnomani uzaytiradi va A Seriya klubiga ijaraga berib yuboradi

"Galatasaroy" hujumchisi Nikolo Dzanolo tez orada ijara asosida "Udineze"ga o'tadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.
Futbolchi Istanbul klubi bilan shartnomasini uzaytiradi, shundan so'ng Italiya jamoasiga o'tadi.
O'tgan mavsumda Dzanolo "Atalanta" va "Fiorentina"da ijara asosida o'ynagan. Bergamo jamoasi tarkibida futbolchi 23 ta o'yinda 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi, Florentsiya klubi safida esa 13 ta o'yin o'tkazdi gol urishga erishmadi. Transfermarkt sayti ma'lumotlariga ko'ra, Dzanoloning hozirgi bozor qiymati 12 million evroni tashkil qiladi.