"Galatasaroy" "Manchester Siti" yulduzi bo'yicha yangi muzokaralar o'tkazadi

"Galatasaroy" "Manchester Siti" darvozaboni Ederson transferidan umid uzmayapti. Avvalroq bo'lib o'tgan muhokamalar muvaffaqiyatsiz yakunlandi - klublar kelishuv shartlari bo'yicha kelisha olmadi. Shunga qaramay, Turkiya Superligasi grandi rahbariyati taslim bo'lmayapti: darvozabon bo'yicha yangi muzokaralar bugun, dushanba kuniyoq bo'lib o'tishi kutilmoqda, deb yozadi Daily Mail.
Bu yozda "shaharliklar" "Byornli"dan Jeyms Traffordni olib kelib, darvozabonlik pozitsiyasini mustahkamladi. Bundan tashqari, tez orada Xosep Gvardiola jamoasi safini "PSJ" a'zosi Janluiji Donnarumma ham to'ldirishi mumkin.
Transfermarkt talqiniga ko'ra, Edersonning narxi 20 mln evroga baholanmoqda. 32 yoshli braziliyalikning "Manchester Siti" bilan shartnomasi kelasi yili yakuniga etadi.