«Chelsi»ning sobiq yarim himoyachisi Lesli Ugochukvu Istanbulning «Galatasaroy» klubi a'zosiga aylanadi. Bu yangilik bilan insayder Fabritsio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlari orqali o'rtoqlashdi.

Ayni damda Ugochukvuning transfer huquqlari Angliya premer-ligasidan tushib ketgan «Byornli» klubiga tegishli. Gap «Galatasaroy»ning ingliz klubidan futbolchini ma'lum shartlar bajarilganida sotib olish majburiyati bilan ijaraga olishi haqida bormoqda. Potentsial kelishuv 30 million evroga baholanmoqda.

O'tgan mavsumda «Renn» tarbiyalanuvchisi Ugochukvu «Byornli» safida barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushdi.

Manba: Stadion.uz