Turkiyaning "Galatasaroy" klubi yarim himoyachi Renatu Nyaganing transferini yakunladi, deb xabar beradi jamoaning rasmiy veb-sayti.

Gvineya-Bisau terma jamoasi sharafini himoya qiluvchi 18 yoshli futbolchi ilgari o'zi tug'ilgan Portugaliyaning "Kaza Pia" klubida o'ynagan.

U klub tarixidagi eng yosh debyutant hisoblanadi. Nyaganing transferi "Galatasaroy"ga 6,5 ​​million evroga tushdi.