Istanbulning «Galatasaroy» klubi frantsiyalik yarim himoyachi Lesli Ugochukvuning transferini rasman e'lon qildi. 22 yoshli futbolchi «Byornli»dan 3,5 million evro evaziga ijara asosida yangi klubga o'tdi.

Ugochukvu — «Renn» tarbiyalanuvchisi. 2023 yilda tayanch yarim himoyachisi 27 million evro evaziga Londonning «Chelsi» klubiga o'tgan edi. 2024–2025 yillarda u ijara asosida «Sautgempton» safida harakat qildi. 2025 yilda «Chelsi»ni tark etib, doimiy asosda «Byornli» futbolchisiga aylangandi.

«Galatasaroy» o'tgan mavsumda navbatdagi bor Turkiya chempioni bo'ldi va yangi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etadi. «Byornli» esa APLni tark etib, yangi mavsumni Chempionshipda o'tkazadi.

Manba: Stadion.uz