Gakpo ular uchun ustuvor variant emas edi

Kodi Gakpoga yozda "Bavariya" qiziqish bildirgan edi.
ESPN xabariga ko'ra, 26 yoshli yarim himoyachi o'tgan haftada "Liverpul" bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirdi.
O'tgan yozda Luis Dias mersisaydliklar safini tark etib, 75 million evro evaziga "Bavariya"ga o'tgan edi. Gakpo ayni paytda unga Myunxen klubi qiziqish bildirganini aytdi.
"Tushunishimcha, ular kelishdi, lekin oxir-oqibat Luis Diasni sotib olishdi", dedi "Liverpul" yarim himoyachisi tabassum bilan.