"Liverpul" Premer-liga o'yinida o'z maydonida "Manchester Yunayted"ga mag'lub bo'ldi (1:2).

Kodi Gakpo mersisaydliklarning yagona golini urdi, biroq u bir necha bor gol urish imkoniyatiga ega edi. Niderlandiyalik futbolchi raqib darvozasining ustunini (to'sini) uch marta nishonga oldi. Opta ma'lumotlariga ko'ra, hisoblar yuritila boshlangan davrdan buyon (2003/04 yilgi mavsumdan beri) faqat Darvin Nunes Angliya chempionatining bitta o'yinida ustun va to'singa bundan ham ko'proq - to'rt marta to'p tekkizgan. Eslatib o'tamiz, urugvaylik hujumchi ham "Liverpul" safida o'ynagan.

"Manchester Yunayted"ning hal qiluvchi golini 84-daqiqada Xarri Maguayr kiritdi.

Darvin Nunes o'tgan yozda Angliyani tark etib, Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasiga o'tgan edi.