Gakpo sobiq klubi PSVga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi

"Liverpul" hujumchisi Kodi Gakpo Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turidan o'rin olgan PSVga qarshi o'yinda o'ziga xos hissiyotlarni boshdan kechirishini tan oldi.
Hujumchi Niderlandiya klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
"Albatta, men uchun bu alohida holat. Men o'sha erda o'sdim va ko'p vaqtimni PSVda o'tkazdim," - deya futbolchining so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
"Liverpul" - PSV uchrashuvi 26 noyabr kuni "Enfild"da bo'lib o'tadi.