Kodi Gakpo JCh-2026 guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Shvetsiyaga qarshi uchrashuvda dubl qayd etdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Liverpul» va Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi ikkinchi bo'lim boshlanganidan keyin bor-yo'g'i 9 daqiqa ichida o'z hisobiga ikkita gol yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

27 yoshli futbolchi faoliyati davomida Jahon chempionatlaridagi gollari sonini 5 taga etkazib oldi. Gakpo 2022 yili Qatarda bo'lib o'tgan mundialda 3 ta gol urgan edi.

Manba: Stadion.uz