Londonning «Arsenal» klubi markaziy himoyachisi Gabriel dos Santos «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland bilan bo'ladigan shaxsiy qarama-qarshiligi haqidagi savolga javob berdi.

Braziliyalik futbolchi «shaharliklar»ning norvegiyalik o'yinchisi Angliya Premer-ligasidagi eng kuchli raqib ekanligini ta'kidladi.

«Xoland — yuqori darajadagi futbolchi va, albatta, menimcha, unga ham menga qarshi o'ynash yoqadi. Bu qiziqarli deb o'ylayman. Bu ikkalamizga ham zavq bag'ishlaydi», — deya Gabrielning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Telegraph.