Chempionlar ligasi finalida «PSJ»ga qarshi o'yinda hal qiluvchi penaltidan foydalana olmagan «Arsenal» himoyachisi Gabriel Magalyaes muxlislarga murojaat qildi. Kecha «kanonirlar» nufuzli evrokubok finalida parijliklarga imkoniyatni boy berishdi (1:1, penaltilar seriyasida 3:4).

«Bu juda og'riqli, ammo men jamoamiz bilan va bu mavsumda birgalikda erishgan barcha yutuqlarimiz bilan faxrlanaman.

Har bir bosqichda bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizdan minnatdorman. Siz bu yo'lni biz bilan birgalikda nishonlashga va bugungi paraddan zavqlanishga loyiqsiz!

Kelasi mavsumda ko'rishamiz!!!

Sizni sevaman, Katta Gabi», — deb yozdi Gabriel.