Gabriel Jezus «Manchester Siti» bilan raqobat va «Arsenal»ning imkoniyatlarini baholadi

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Gabriel Jezus Premer-liganing joriy mavsumidagi chempionlik poygasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Kanonirlar» 31 o'yindan so'ng 70 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ulardan bitta zaxira o'yiniga ega bo'lgan «Manchester Siti» (60 ochko) ortda qolmoqda.
«Men chempionlik poygasidagi imkoniyatlarimizga to'liq ishonaman. Bunga shubham yo'q, chunki bizda ajoyib tarkib bor va biz qulay vaziyatdamiz. Joriy mavsumda muvaffaqiyatga erishishimizga 100 foiz ishonaman», — deya jurnalist Fabritsio Romano Jezusning so'zlarini keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, «Arsenal» o'zining APLdagi so'nggi chempionlik unvonini 2004 yilda qo'lga kiritgan edi.