Gabriel Jezus «Arsenal»ning eng yaxshi futbolchisi nomini aytdi

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Gabriel Jezus jamoaning eng yaxshi futbolchisi kim ekanligi haqidagi fikri bilan o'rtoqlashdi.
«Jamoamizdagi bir nechta futbolchini ajratib ko'rsatish mumkin, lekin men Martinellini tanlayman. U hali faoliyatining boshidayoq meni hayratda qoldirgan edi. Uning kundalik mashg'ulotlarini kuzatsangiz, uning qanchalik mahoratli ekanligini darrov tushunasiz. O'yin vaqtida ham bu fazilatlar juda muhim», — dedi Jezus Romario TV telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Martinelli «kanonirlar» safiga 2019 yilda kelib qo'shilgan, Jezus esa 2022 yildan beri London jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.