Braziliya terma jamoasi markaziy himoyachisi Gabriel 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi Gaiti milliy jamoasiga qarshi bahs oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

«Birinchi o'yinni unchalik yaxshi o'tkaza olmadik va buni juda yaxshi tushunib turibmiz. Bu biz turnirda namoyish etmoqchi bo'lgan futbol emas. Jamoamiz bahs davomida to'pga egalik qilishni yaxshi ko'radi. Oldinda bizni muhim uchrashuv kutmoqda, unda o'z kuchimizni ko'rsatamiz va g'alaba qozonishga harakat qilamiz», — deya futbolchining so'zlarini «selesao» matbuot xizmati keltirmoqda.

Braziliya va Gaiti terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 20 iyun kuni bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, mundialdagi ilk o'yinda Karlo Anchelotti shogirdlari Marokash bilan durang o'ynashgan edi (1:1).

Manba: Stadion.uz